20 iyu 09:11
Yangiliklar
Futbol

Eron klubi Odil Hamrobekov transferi uchun "Bunyodkor"ga qancha to'lagani malum bo'ldi
Yozgi transfer oynasida "Bunyodkor" jamoasining etakchisi Odil Hamrobekov Eronning "Traktor" jamoasiga borib qo'shildi.
Futbolchi tabrizliklar bilan 2027 yilning 30 iyun sanasiga qadar amal qiladigan shartnomani imzoladi. Odil Hamrobekovning "Bunyodkor" bilan amalda shartnomasi bo'lgani uchun "Traktor" o'zbekistonlik yarim himoyachini transfer qildi. Transfermarkt malumotiga ko'ra, klub "Bunyodkor"ga futbolchi uchun 500 ming evro (7,3 milliard so'm) to'lagan.
29 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Superliganing 15 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Havola :
Manba : Championat.asia
Fikrlar