04 jan 11:05
Yangiliklar
Futbol
Eron matbuoti. Sergeev "Persepolis" bilan shartnoma imzoladi
O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Igor Sergeev "Persepolis" bilan dastlabki shartnomani imzolagan.
Bu haqda Eron matbuoti xabar bermoqda. Hujumchi tibbiy ko'rikdan yaxshi o'tsa rasman "Persepolis" futbolchisiga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, "Persepolis"da O'zbekiston milliy terma jamoasining yana bir azosi Oston O'runov ham harakat qiladi.
Malumot uchun, Sergeev joriy mavsum "sherlar" safida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

Havola :
Fikrlar