So’nggi yangiliklar

19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0 15:42Жон Жонс ҳаётидаги энг катта афсусларидан бири ҳақида гапирди 0 15:11Қозоғистонлик боксчи ўзбек рақибга қарши жангдан кейин жароҳат олгани маълум бўлди 0 14:40Майкл Пейж энди бошқа промоушенда жанг қилади 0 14:13Моуриньо "Вильярреал" билан ўйиндан сўнг матбуот билан мулоқот қилишни рад этди. Нега? 0 13:42Дэвид Бенавидес энди WBC чемпиони эмас! 0 13:11Итальян сузувчиси Тошкентдаги Жаҳон кубогида Элдор Шомуродов либосида стартга чиқди + ФОТО 0 12:40UFC Fight Night 290 турнирининг ярим миллион долларлик бонуслари кимларга насиб этди? 0 12:09Ла Лига собиқ ҳаками Винисиус "Вильярреал" билан ўйиндаги четлатилиши сабабли нечта ўйинни ўтказиб юборишини айтди 0

11 okt 18:17
Yangiliklar

Futbol

Bashar Resan "Persepolis"ga qaytadimi?

"Paxtakor"ning iroqlik yarim himoyachisi Bashar Resan "Persepolis"ga qaytishi haqidagi savolga javob berdi.

"Hozir bor etiborimni faqat klubimga qaratganman, chunki hali shartnomam bor. Jamoamiz bilan O'zbekiston chempionligi uchun kurashyapmiz va bunga juda yaqinmiz. SHuningdek, ertaga CHempionlar ligasida ham o'yinimiz bor. Biz faqat mashg'ulotlarga diqqatimizni jamlaganmiz. 

Bular shunchaki xabarlar va bunday gaplar turli davlatlardan chiqishi tabiiy hol, chunki bilasiz, shartnomam dekabr oyida yakuniga etadi. Ko'plab klublardan takliflar tushishi odatiy holat, lekin men bularni bir chetga surib, bor diqqatimni jamoamga yordam berishga qaratganman. CHunki biz bu mavsumda ham o'z o'rnimizni saqlab qolishimiz kerak, O'zbekistonda eng yaxshi o'rin va eng yaxshi holatda bo'lishga loyiqmiz – axir biz "Paxtakor"miz! 

Jamoam va do'stlarim uchun bor kuchimni berishim kerak. Bular esa shunchaki oddiy yangiliklar – shartnomasi yakunlanayotgan har qanday futbolchi nafaqat "Persepolis"dan, balki turli davlatlardan takliflar olishi tabiiy. Bu mavzuda esa, inshaalloh, keyinroq yana gaplashamiz", dedi 29 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Bashar Resan joriy mavsum "Paxtakor" safida barcha turnirlarda 29 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing