08 may 13:45
Yangiliklar
Futbol
Eron milliy terma jamoaning JCH-2026'dagi xavfsizligini FIFA bilan muhokama qilmoqchi
Eron futbol federaciyasi rahbari Mehdi Toj FIFA prezidenti Janni Infantino bilan shaxsan uchrashib, milliy terma jamoaning Jahon chempionatidagi xavfsizligi yuzasidan muhokama olib boradi.
Toj Tehron qatiy shartlar qo'yishini, jamoaning turnirdagi ishtiroki ularning bajarilishiga bog'liqligini aytdi.
"Biz FIFAga kutilmalarimiz haqida xabar beramiz. Agar ular buni bajara olsa, biz albatta ishtirok etamiz. Ammo agar bu masalalar hal qilinishiga kafolat bo'lmasa, unda hech kim bizni yoki tizimimiz asoslarini haqorat qilishga haqli emas", – dedi Toj.
Mansabdor shaxs gap nafaqat futbolchilarning jismoniy xavfsizligi, balki Islom Respublikasiga hurmat haqida ham ketayotganini aytdi.
Havola :
Manba : IRIB
Fikrlar