13 dek 15:17
Yangiliklar
Futbol
Eronlik futbolchi o'limga hukm qilindi
Eronlik futbolchi Amir Rizo Nasr Azadoniy amaldagi hukumatga qarshi norozilik harakatidan so'ng o'lim jazosiga hukm qilingan 28 kishi qatoridan joy oldi.
Bu haqda "IranWire" nashri xabar bermoqda. Nasr Azadoniy noyabr oyi oxirida policiya polkovnigi Ismoil CHereg va Eron xavfsizlik kuchlarining yarim harbiylashtirilgan guruhi bo'lmish ikki "Basij" jangchisini o'ldirishda gumondor sifatida hibsga olingan edi.
26 yoshli futbolchi o'limga hukm qilindi. Qolgan 27 kishi ham shunday jazo oldi. Nasr Azadoniy Eron U-16 terma jamoasida o'ynagan. Tabrizning "Traktor" klubida harakat qilgan.
Havola :
Fikrlar