25 mar 13:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Ertaga hamyurtimiz AQSHda bo'lib o'tadigan boks kechasining markaziy jangida ringga ko'tariladi + POSTER
Otabek Xolmatov eliminator jangida ishtirok etadi.
Yarim engil vazn toifasidagi prof bokschimiz Otabek Xolmatov (9-0, 9KO)ning eliminator janggini o'tkazishi haqida bergan edik. Mazkur jang ertaga, 26 mart kuni AQSHning Florida shtatida tashkil etilayotgan boks kechasi doirasida bo'lib o'tadi.
Bo'lajak jangda charm qo'lqop ustamizga rossiyalik Andranik Grigoryan (14-0, 3KO) raqiblik qiladi. To'qnashuv WBA jahon chempionlik kamari uchun eliminator jangi hisoblanadi. G'olib bokschi WBA chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylanadi. 12 raundlik to'qnashuv kechaning markaziy jangi bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar