05 noy 18:15
Yangiliklar
Ertaga Islom Birdamlik o'yinlarida Kurash bo'yicha bahslar o'tkaziladi
Ushbu nufuzli musobaqa 20 yildan keyin yana Saudiya Arabistonida tashkil etilmoqda. Ilk bor o'yinlar 2005 yilda Jidda, Madina, Makka va Toif shaharlarida bo'lib o'tgan edi.
Bu yil Kurash sport turi tarixda birinchi bor Islom Birdamlik o'yinlarining dasturiga ko'rgazmali sport turi sifatida kiritildi. Bellashuvlarda erkaklar: –66 kg, –81 kg va ayollar: –57 kg, –70 kg vazn toifalarida bahs olib boradi.
Kurash musobaqalari 6 noyabr kuni Ar-Riyoddagi Boulevard Arena 01B sport majmuasida o'tkaziladi.
Ayni kungacha, Saudiya Arabistoniga 57 ta davlatdan 3500 dan ortiq ishtirokchi kelgan bo'lib, sportchilar 23 ta sport turida medallar uchun kurash olib boradilar.
O'yinlarning Rasmiy ochilish marosimi 7 noyabr, yopilish marosimi esa 21 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikrlar