02 fev 08:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Ertaga Kovalyov - Alvares-2 jangi o'tkaziladi, bugun tarozi
Yarim og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni kolumbiyalik Eleyder Alvares ilk himoya jangini aynan shu vaznda sobiq jahon chempioni rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi o'tkazadi.
Ushbu bahs revansh jangi maqomida bo'lib, bugun (bizning vaqt bilan ertaga tong saharda) AQSHning Texas shtati Frisko shahridagi Ford Cente arenasida bo'lib o'tadi.
Bokschilar o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning avgust oyida o'tkazilgan va o'shanda Alvares rossiyalik bokschini ettinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. Kovalyov uch bor nokdaun holatiga tushib qolganidan so'ng referi jangni to'xtatishga majbur bo'lgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar