29 mar 20:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Ertaga o'zbek boksi muxlislarini qiziqarli sovg'a kutib turibdi
Ertaga, 30 mart kuni poytaxtimizda katta boks bayrami tashkil etiladi.
Soat 12:00 da Toshkent shahridagi "EcoPark"da boks bo'yicha FLASHMOB (ochiq mashg'ulotlar festivali) boshlanadi. Unda siz yurtimiz charm qo'lqop ustalari mahoratidan bahramand bo'lishingiz mumkin bo'ladi.
Tadbirda Olimpiya o'yinlari chempioni Muhammadqodir Abdullaev, SHahobiddin Zoirov, sovrindor Bektemir Meliqo'ziev ishtirok etadi. Tadbirning faxriy mehmoni "Toshkent yo'lbarsi" - afsonaviy Rufat Risqiev bo'ladi. Siz tadbir davomida bokschilar bilan muloqot qilib, ulardan dastxat olishingiz, shuningdek birga suratga tushishingiz mumkin bo'ladi.
Demak, barchani ertaga, 30 mart kuni soat 12:00 da Toshkentdagi "EcoPark"ga taklif etamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar