19 jan 12:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Ertaga superjang: Broner Pakyaodan og'irroq chiqdi
Ertaga filippinlik mashhur bokschi Menni Pakyao Edrien Bronerga qarshi ringga ko'tariladi.
Bugun ushbu jang oldidan rasmiy vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi. Har ikki bokschi ham belgilangan meyorni (66,68 kg) bajardilar. Pakyaoning vazni 66,22 kg chiqdi, Broner esa 66,45 kg tosh bosdi.Malumot uchun, 39 yoshli Pakyao so'nggi jangini 2018 yilning iyul oyida Lukas Mattissega qarshi o'tkazib, nokaut evaziga g'alaba qozongan va WBA Regular kamarini qo'lga kiritgandi.
Broner esa o'tgan yilning aprelida Jessi Vargasga qarshi ringga chiqib, durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar