19 apr 09:34
Yangiliklar

Ertaga Uychida O'zbekiston chempionati start oladi
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasiga muvofiq tashkil etilayotgan mamlakat chempionatida 1999-2000 yillarda tug'ilgan yigit va qizlar gilamga chiqishadi.
Ertaga boshlanadigan mazkur musobaqada yosh polvonlar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida kuch sinashishadi. Ushbu sport turi bo'yicha O'zbekiston chempionatiga Uychi tumani ilk bor mezbonlik qilyapti.
Namangan viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, tuman hokimligi, viloyat belbog'li kurash federaciyasi, 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi va boshqa masul tashkilotlar tomonidan musobaqani yuqori saviyada o'tishi uchun tayyorgarlik ishlariga alohida etibor qaratilgan.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar