So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

25 apr 20:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Ertaga xalqning kayfiyati Sizlarga bog'liq bo'lgan kun!

Bugun Tailandda bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha Osiyo chempionatining yarim final janglari bo'lib o'tdi.

Yangilangan boks terma jamoasi azolaridan ko'pchilik bunday ijobiy natijani kutmagan edi. Ko'plab charm qo'lqop ustalarimizning professional boksga o'tib ketishlaridan keyin mutaxassislar Osiyo chempionatida sust qatnashishimizni bashorat qilishdi. To'g'ri, natija 2017 yilgi Osiyo chempionatidek bo'lmadi. Lekin O'zbekiston terma jamoasi eng ko'p bokschi bilan finalda qatnashadigan bo'ldi. To'rt nafar bokschi bilan Hindiston ikkinchi, Qozog'iston esa shuncha ishtirokchi bilan uchinchi bo'ldi. 

Boks tarixiga nazar tashlasak, ilk chempionat 1963 yili bo'lib o'tgan. Qizig'i shundaki, unda ham bugungi kabi Tailand mezbon bo'lgan. Yaponiya terma jamoasi 3 ta oltin bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni olgan. Keyingi 4 ta Osiyo chempionatida Janubiy Koreya yaqqol peshqadam bo'lib oldi. 1994 yildan etiboran Markaziy Osiyo vakillari ham Osiyo chempionatida ishtirok eta boshladilar. SHu kungacha Qozog'iston terma jamoasi umumjamoa hisobida 6 marotaba Osiyoda birinchi bo'lgan. O'zbekiston esa 4 marotaba! 

2017 yil O'zbekiston Janubiy Koreyaning 52 yillik rekordini "nokaut" qildi. 1965 yil Janubiy Koreya 8 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan, 1987 yil Quvaytda bo'lib o'tgan musobaqada ular o'z rekordlarini takrorlagan edilar. 2017 yil O'zbekiston Olimpiada chempionlarining yordamida 9 ta oltin medalni qo'lga kiritgani muxlislarning yodidan chiqmagan bo'lsa kerak. Bu rekordni yangilash uchun endi uzoq yillar talab etilsa ajab emas. 

Biz esa Qozog'iston bilan o'rtadagi farqni qisqartirish uchun yaxshigina imkoniyatga ega bo'lib turibmiz. Avvalo, maqsad - 5 ta oltin, lekin 4 tasiga ham xafa bo'lmaymiz. Bu umumjamoa hisobida 1-o'rinni qo'lga kiritishimiz uchun etadi. CHunki 5 ta jangdan 2 tasida Hindiston vakiliga qarshi ringga ko'tarilamiz. O'z-o'zidan ularni mag'lubiyatga uchratsak torozi pallasi biz tomonda bo'ladi.

Finalga qadar etib borgan bokschilarimizning mushtlari ertaga raqiblarimizdan ochko olish uchun harakatga kelishiga ishonamiz. Ertaga hakamlar tomonidan ochkolar elon qilingach, aynan bizning "qo'llarimiz" balandga ko'tarilishini tilab qolamiz. CHarm qo'lqop ustalarimiz ham Vatanga Osiyo chempionlari sifatida qaytish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishadi degan umiddamiz. Barcha bokschilarni hurmat qilgan holda, ertaga Bobo Usmon Baturovdan nafaqat oltin, balki yorqin jang ham kutaman. Bu bokschini Bokuda bo'lib o'tgan Islom birdamlik o'yinlarida namoyish etgan janglarini unuta olmasam kerak. Qizlarimiz ham chakki qatnashmadilar, ularga bugun biroz omad etishmadi.

Qisqasi, Nodir, Mirazizbek, Bobo Usmon, Sanjar va Bahodir, ertangi kun kayfiyati Sizlarga bog'liq, bu esa "mushtingizdan" keladi, biz bunga ishonamiz!

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +1   

Fikrlar

   
25 apr 22:15:11
Nuriddin 77
Nodirhòja Yuldashev respekt!!!
   
25 apr 21:54:25
Angren.
3 та олтин хам умумжамоа хисобида 1-уринга етарли булади манмча. 3 та олтин бизики худо хохласа
   
25 apr 21:44:34
JasurBeK
Nodirxo'ja aka endi boksga o'tibdida. Bokschilarimizga omad!!! 4ta yo 3ta oltin olsak ham ijobiy bo'ladi
   
25 apr 20:56:15
Sanjar Turdiboyev
Боксчиларимизга омад

   
25 apr 20:53:02
Sanjar Turdiboyev
Боксчиларимизга омад боя чат да козолар хаддидан ошишди хаммаси олтин олиши керак
   
25 apr 20:38:26
Javoxir
Oka lekn qozo bilan bogan jangdagi widdatini korip manam adduwi muxlisi boganma
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing