13 iyu 14:36
Yangiliklar
Futbol

Eshitdik-da! O'zbekiston terma jamoasi amaldagi Jahon chempioniga qarshi o'ynaydi
Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan O'zbekiston terma jamoasi mundialga puxta tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan.
Ushbu tayyorgarlik jarayonida "oq bo'rilar" bir qator kuchli va dunyoning top terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi ko'zda tutilgan.
Championat.asia malumotlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Argentinaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin Argentinada bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. FIFA elon qilgan taqvimga etibor qaratsak, o'yin 20-28 oktyabr sanalari oralig'ida o'tadi.
Malumot uchun, Argentina amaldagi Jahon chempioni hisoblanadi.
O'zbekiston bunga qadar Janubiy Amerika qitasidan Venesuela, Boliviya, Urugvay bilan kuch sinashgan.
Havola :
Fikrlar