13 okt 10:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Evropa Ochiq chempionatida 9ta medal qo'lga kiritildi
Kecha O'zbekiston qo'l jangi terma jamoasi Belgiyaning Xalle shahrida o'tkazilgan Evropa Ochiq chempionatidan yurtimizga qaytib keldi.
Asad O'rinov bosh murabbiyligidagi terma jamoamiz azolari ushbu nufuzli musobaqada 9ta medalni qo'lga kiritishdi. SHulardan 4tasi oltin, shunchasi kumush hamda bittasi bronza medalidir.
Terma jamoamizga oltin medallarni Ravshan Abdulazizov (65 kg), Jahongir Jumaev (75 kg), Muzaffar Yusupov (80 kg) hamda Rustam Yusupov (90 kg) taqdim etishdi.
Kamoliddin Zokirov (70 kg), Alpomish Qurbonnazarov (75 kg), Jahongir Mansurov (90 kg) hamda ikki karra jahon chempioni Odil Sirojiddinov (80 kg) kumush medal bilan taqdirlanishdi.
90 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Sirojiddin Sadriddinov esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar