So’nggi yangiliklar

08:11Расман: Англия Суперкубоги "Уэмбли"дан кўчирилди! Сабаб — концерт! 0 07:50Ислам Махачевнинг навбатдаги рақиби ким бўлиши айтилди 0 07:29PWL 11. Лайлохон Собированинг рақибаси маълум бўлди + ПОСТЕР 0 07:08Майами (WTA). Каролина Мухова 1/4 финалга чиқди 0 07:03Расман: IBF Жей Опетайяни чемпионлик камаридан маҳрум қилди 0 18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0

04 iyu 10:10
Yangiliklar

Kurash

Evropa o'yinlarida o'zbek milliy kurashining taqdimoti o'tkazildi + FOTO

Polshaning Krakov va Malopolska shaharlarida o'tgan 3-Evropa o'yinlarida milliy sportimiz kurashning taqdimoti bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirga ko'hna qitaning 50 ga yaqin davlatidan sportchilar tashrif buyurdi. Taqdimot shaklidagi musobaqa Evropa ochiq chempionati maqomida tashkil etildi.

Xalqaro kurash associaciyasi, Evropa kurash konfederaciyasi hamda O'zbekiston kurash federaciyasi, shuningdek, yurtimizning Polshadagi elchixonasi hamkorligida o'tkazilgan ochiq chempionatda evropalik nomdor polvonlar ishtirok etdi. 

Tadbir avvalida kurash bo'yicha o'quv-seminar mashg'ulotlari uyushtirildi. Unda polvonlar va ularning murabbiylariga kurash qoidalari, bellashuvlarni baholash tartibi tushuntirildi.

Bundan tashqari, tadbir davomida matbuot anjumani tashkil etilib, ommaviy axborot vositalariga kurashning dunyodagi rivoji, Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olishi yo'lida amalga oshirilayotgan ishlar xususida malumot berildi. Mukofot jamg'armasi 7000 evrodan iborat musobaqa erkak va ayollar o'rtasida mutlaq vazn toifasida bo'lib o'tdi. 

G'olib va sovrindorlar:

Erkaklar:
1. Viktors Resko (Latviya)
2. Aleksandr Kalabis (Serbiya)
3. Boban Danov (SHimoliq Makedoniya)
3. Vojcechkazimierz Kordya (Polsha)

Ayollar:
1. Sandra Liskum (Polsha)
2. Ranalda Zubaviseni (Litva)
3. Viktoria Boloxan (Belgiya)
3. Aleksandra Lorena (Ruminiya)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing