16 jan 15:46
Yangiliklar
Futbol
Evropa terma jamoasi afsonasi "Tottenxem" murabbiyiga aylandi
Jon Xeytinga "shporlar"ning murabbiylar shtabiga qo'shildi.
"Biz Jon Xeytingani birinchi jamoa bosh murabbiyining assistenti sifatida klubda qarshi olishdan mamnunmiz. U Tomas Frankning murabbiylar shtabiga qo'shiladi", – deb yozmoqda londonliklar matbuot xizmati.
Xeytinga avvalroq "Ayaks", "Liverpul" va "Vest Xem" jamoalarida murabbiy bo'lib ishlagan. Futbolchi sifatida esa Jon "Ayaks", "Atletiko", "Everton", "Fulxem" va "Gerta" jamoalaridagi o'yinlari bilan tanilgan. SHuningdek, Xeytingani Niderlandiya terma jamoasining haqiqiy afsonasi deb ham aytish mumkin.
Ayni paytda "Tottenxem" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 27 ochko bilan 14-o'rinni egallab turibdi.

Havola :
Fikrlar