03 may 08:00
Yangiliklar

Extra Round 2. Feruzbekda mag'lubiyat, Humoyunda shov-shuvli g'alaba
“Dom Pechati” arenasida bo'lib o'tgan boks oqshomi RCC Boxing Promotions (Titov Boxing Promotions) promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu boks kechasida ikki nafar charm qo'qlop ustamiz - Feruzbek Yo'ldoshev va Humoyun Rustamov ham o'z janglarini o'tkazishdi.
Feruzbek vakant bo'lib turgan WBO Youth lightweight chempionlik kamari uchun rossiyalik Muhammadxo'ja Yakubovga qarshi ringga ko'tarildi.
Afsuski, bokschimiz beshinchi raundda elkasidan olgan jarohati sabab jangni davom ettira olmadi. Aniqrog'i, shifokorlar bunga ruxsat berishmadi.
Humoyun esa yana bir mezbon bokschi Murad Arslanov bilan to'qnash keldi. Rustamovning raqibi ancha kuchli bo'lib, shu paytgacha hali biror marta ham mag'lubiyatga uchramagandi. Bokschimiz nomdor raqibini engishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar