04 iyu 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA
"Ey, jo'ja, qaerdasan?" Evloev Aljameyn Sterlingga murojaat qildi
Rossiyalik yarimengil vazn (65 kg.gacha) toifasida UFC jangchisi Movsar Evloev yana bir bor amerikalik sobiq chempion Aljameyn Sterlingni oktagonga chorladi.
Avvalroq, UFC promousheni rahbarlari ushbu jang ustida ish olib borilayotgani va katta ehtimol bilan iyul-avgust oylarida o'tkazilishi haqida xabar berishgan edi.
"Ey, jo'ja, qaerdasan? SHartnomaga imzo chek!" — deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida chorlov qoldirgan Evloev.
Malumot uchun, 30 yoshli Movsar Evloev professional MMAdagi faoliyatini 2014 yilda boshlagan. 2019 yilning aprel oyidan beri UFC promoushenida o'z janglarini o'tkazib kelyapti. U dunyoning eng kuchli Ligasidagi 8 ta jangining barchasida g'alaba qozongan. Sterling esa shu yil aprel oyida tashkil etilgan UFC 300 turnirida hamyurti Kelvin Kattarni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar