05 iyu 10:44
Yangiliklar
Futbol
Fabio Kannavaro: "Navbatdagi sinovga tayyormiz"
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCH-2026 oldidan ichidan o'tayotgan kechinmalari haqida fikr bildirdi.
"Buni butun vujudimiz bilan his qilib turibmiz. Tobora yaqinlashib kelayotgan ilk Jahon chempionatimiz uchun bor kuchimiz bilan mehnat qilyapmiz.
Kanadaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (0:2) mag'lub bo'ldik, biroq maydonda munosib kurashdik va foydalana olmagan ko'plab vaziyatlarni yaratdik. Endi esa o'zimiz haqimizda, ayniqsa, bu yo'lning qaerida turganimiz borasida ko'p narsani ko'rsatib beradigan navbatdagi sinovga tayyormiz.
Dushanba kuni Niderlandiyaga qarshi bahsda eng yuqori darajadagi futbolchilarga qarshi o'z kuchimizni sinab ko'ramiz. Buyuk orzular aynan shunday — bosqichma-bosqich, kichik qadamlar bilan bunyod etiladi".

Havola :
Fikrlar