So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

05 mar 12:34
Yangiliklar

Futbol

Fabio Kannavaro nega aynan Atlantani tanladi?

Jurnalist Jamoliddin Bobojonov bunga oydinlik kiritdi.

"JCHda 48 jamoa qatnashadi. FIFA ularni mehmonxona va mashg'ulot maydoni bilan taminlashi kerak. Jamoalar uchun eng asosiy narsa shu. Mehmonxonasi va mashg'ulot maydoni bo'lsa bo'ldi. 

48 jamoa uchun FIFA 64 ta mashg'ulot maydoni va 64 ta mehmonxona taklif qildi. Yani mehmonxona bilan mashg'ulot maydoni bir-biriga bog'langan. Mehmonxonani tanlasangiz, o'shaning mashg'ulot maydoni ham bor. FIFA 64 variantni o'tgan yilning boshida elon qilgan edi va saytiga qo'yib: "O'rganib chiqinglar", degan. 

Jamoalar o'rganib chiqishdi, hatto borib ko'rib ham kelishdi. Keyin qurani kutishdi.

SHu 64 ning ichidan har bitta jamoaga 5 ta variant berildi. Jamoalar o'zining xohishiga qarab: "Birinchi variantim — bu, ikkinchi variantim — bu, uchinchi variantim — bu", belgilashgan. Keyin FIFA o'rganib chiqib: "Mana shu sizlarning yakuniy tanlovinglar", deb qaror bergan. 

Iloji boricha, hammaga birinchi variantini bergan, lekin to'qnash kelib qoladigan bo'lsa, jamoalarning reytingiga qaralgan. Masalan, O'zbekiston Atlantani tanladi. Aytaylik, Germaniya ham: "Atlantada turaman", deb tanlagan bo'lsa, FIFA hujjatlarni o'rganadi va Germaniyaning reytingi baland bo'lganligi uchun, nemislarga ustuvorlik beradi. SHunda O'zbekiston ikkinchi variantga o'tishga majbur bo'ladi. SHu qoida bo'yicha jamoalar tanlab-tanlab, ajratib-ajratib, jamoalarga mehmonxonalar ajratilgan.

Musobaqa bo'lib o'tadigan shaharlar suratdagi uchta doiraga bo'lingan. Oq teglar va qizildagilari — mezbon shaharlar. O'zbekiston o'rtadagi markaziy doiraning ichida. SHuning uchun markaziy doiraning ichidagi joylardan bittasini tanlagan. Yani u chekkadan — Sietldan yoki Bostondan tanlasa bo'lmas edi, unaqa variant berilmas edi. Mana shu markaziy doiraning ichidagi mehmonxona tanlagan.

O'zbekistonning o'yinlari Hyuston, Atlanta va Mexikoda bo'ladi. Uchalasi ham shu markaziy doiraning ichida. Atlanta — O'zbekiston o'ziga baza qilib tanlab olgan joy. Musobaqa oxirigacha jamoamiz shu joyda istiqomat qiladi", – deyiladi xabarda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing