02 dek 08:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Fakt. 41 yoshli Stivenson bir raund turib berganida g'alaba qozonar ekan
Xabar berganimizdek, bundan bir necha daqiqa avval Kanadaning Kvebek shahrida professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangida ukrainalik Aleksandr Gvozdik kanadalik Adonis Stivensonni o'n birinchi raundda nokautga uchratib, raqibiga 2013 yildan buyon tegishli bo'lgan WBC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Etiborga molik jihati shundaki, ukrainalik 31 yoshli bokschi 41 yoshli Adonisga nokaut holatiga qadar ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berayotgan ekan.
Ishonish qiyin, lekin bu fakt! Hakamlardan ikki nafari 98-92 va 96-94 hisobida g'alabani Adonisga taqdim etayotgandi. Uchinchi hakamning yon daftarchasidagi hisob esa durang ko'rinishda edi - 95-95.
Havola :
Fikrlar