02 okt 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA
"Faqat Fergyuson Xabibni mag'lub eta oladi"
Yarim o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Tayron Vudli engil vaznda UFC qiroli Xabib Nurmagomedovni faqat bir sportchi mag'lub eta olishiga shama qildi.
Vudlining aytishicha, faqat Toni Fergyusongina rossiyalik chempionni mag'lub eta olar ekan.
"O'ylashimcha, "El Kukuy" Nurmagomedovni mag'lub etadi. Aynan Tonida Xabibning jang uslubiga qarshi turib bera oladigan usullar bor. Fergyuson tezkor hujumga o'tadi, parterga tushib qolgan taqdirda ham undan tezlikda chiqib keta oladi. Hozirgacha hech kim Xabibga oktagonda muammo keltira olgani yo'q. Bu ishni birgina Toni uddalashi mumkin", - deya Vudlining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda ESPN.
Eslatib o'tamiz, bir muddat avval Toni Fergyuson oktagonga qaytishini elon qilgan edi. Lekin hozircha jang aynan qaysi sanada o'tkazilishi hamda raqibning kim bo'lishi malum emas.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar