02 noy 15:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Farg'ona OZKda qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi
Farg'ona olimpiya zaxiralari sport kollejida boks bo'yicha qizlar va ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati start oldi.
6 noyabrga qadar davom etadigan musobaqada 100 nafardan ziyod bokschilar ikki yosh toifasida bahslarga kirishishdi. 1998-1999 yillarda tug'ilgan qizlar hamda 19 va undan katta yoshdagi bokschilar o'rtasida 10tadan vazn toifasida bahslar o'tkazilyapti.
O'zbekiston chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan tajribali va shu bilan birga istedodli bokschi-qizlar ringga ko'tarilishyapti.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar