09 iyu 17:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Farmer 11 oy ichida beshinchi marotaba kamarini himoya qiladi
Birinchi engil vazn toifasida IBF chempioni Tevin Farmer 27 iyul kuni navbatdagi himoya jangini o'tkazadi.
SHu kuni 28 yoshli jahon chempioni IBF reytingida 3-o'rinni egallab turgan Giyom Frenuaga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang Farmer uchun so'nggi 11 oy ichidagi beshinchi chempionlik himoya jangi bo'ladi.
Tevin o'tgan yilning avgust oyida Avstraliyada Billi Dibani mag'lubiyatga uchratib, o'sha paytda vakant bo'lib turgan IBF kamarini qo'lga kiritgan edi. SHundan so'ng u oktyabr, dekabr va shu yilning mart oylarida chempionlik unvonini himoya qildi.
Farmerning promouteri britaniyalik Eddi Xirn bokschiga katta umid bog'lamoqda. Uning aytishicha, Tevin Farmer uzog'i bilan kelasi yili WBA chempioni Jervonta Devisga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar