20 mar 14:56
Yangiliklar
Futbol

Fatining otasi "Barselona"da o'g'lining o'yin amaliyotidan norozi ekanini malum qildi
Ansu Fatining atrofidagilari "Barselona"ning futbolchiga bo'lgan munosabatidan norozi bo'lishmoqda.
Futbolchining otasi "blaugrana" direktorlariga yuzaga kelgan vaziyat unga yoqmayotganini to'g'ridan-to'g'ri aytgan. Uning fikricha, vinger bosh murabbiy Xans-Diter Flikni o'ziga o'yin amaliyoti berishga ko'ndirish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda, biroq hozircha natija yo'q.
Fatining yaqinlari Ansu o'zini ko'rsatish uchun yangi imkoniyatlarga loyiq ekanligiga ishonishadi.
22 yoshli futbolchi boshqa klublarning barcha takliflarini rad etgan va aynan "Barselona" tarkibida muvaffaqiyatga erishishga umid qilmoqda.
Fati joriy mavsum La Ligada 4 ta o'yinda maydonga tushdi. U so'nggi bor 4 yanvar kuni Ispaniya kubogida maydonga tushgandi.
Havola :
Manba : jijantes.com
Fikrlar