07 iyu 16:39
Yangiliklar
Futbol

Fayzullaev bo'yicha "Istanbul"dan rasmiy taklif kutilmoqda: CSKA esa uni saqlab qolmoqchi
Hamyurtimiz faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.
CSKA jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev Turkiyaning "Istanbul" klubi safiga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Ivan Karpov xabar berdi. Manbaga ko'ra, 21 yoshli futbolchiga yaqin kunlarda rasmiy taklif tushishi ehtimoli bor. Ammo Moskva klubi o'zining o'zbekistonlik vingerini qo'yib yuborish niyatida emas.
Agar Fayzullaev jamoani tark etsa, CSKA uning o'rniga "Rostov" yarimhimoyachisi, 22 yoshli Ivan Komarovni transfer qilish masalasini ko'rib chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Fayzullaev o'tgan mavsumda CSKA safida barcha musobaqalarda 39 o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 8 ta golli pas muallifi bo'lgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar