08 iyu 14:51
Yangiliklar

Fayzullaevning murabbiyi: "Abbos o'zi uchun to'g'ri qaror qabul qiladi"
Avvalroq Fayzullaevga Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
"Ichki ovoz Abbosga kelajagi bo'yicha qanday qarorga kelishi kerakligini aytadi. Biz hozirda vaziyatni to'liq bilmaymiz, CSKAga ham yangi murabbiy keldi. Biroq Fayzullaev o'zi uchun to'g'ri qaror qabul qiladi deb o'ylayman. SHu bilan birga, men Abbosni yaxshi bilaman. Biz ko'p marta uchrashganmiz va u CSKA haqida juda iliq fikrda. SHuning uchun u klub muxlislari yoki rahbariyatini xafa qiladigan qaror qabul qilmasligiga ishonchim komil", – dedi An.
Fayzullaev 21 yoshda. U o'tgan mavsum CSKA safida 39 o'yinda maydonga tushib, 3 ta to'p kiritdi hamda 8 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar