19 jan 09:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarov AQSHda navbatdagi jangini o'tkazdi
Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda prof boksda faoliyat olib borayotgan charm qo'lqop ustasi Fazliddin G'oibnazarov Nyu-Yorkda Dominikan Respublikasi bokschisi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga ko'tarildi.
Sakkiz raundlik to'rt raund davom etdi. To'rtinchi raund yakunlangach Garsiya jangni davom ettira olmasligini malum qildi. Bungacha Fazliddin raqibini uchinchi raundda nokdaun holatiga ham tushirgandi.
Bu G'oibnazarov uchun professional ringdagi ettinchi jang bo'ldi. U barcha janglarini g'alaba bilan yakunlagan. Janglarning to'rttasida raqiblarini nokautga uchratgan. Rikardo Garsiya esa 20 marotaba ringga chiqib, 14 marotaba g'alaba qozongan (9 ta nokaut). 5 ta jangda mag'lub bo'lgan. Fazliddinga qarshi bahsda u faoliyatidagi dastlabki nokautni qabul qilib oldi. Bitta jangida esa durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar