22 apr 14:00
Yangiliklar

Fazliddin G'oibnazarov: “Duoda bo'layotganlarning ishonchini oqlayman”
Dunyoga mashhur “Top Rank” promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan bokschimiz amerikalik Viktor Vaskesga qarshi ringga ko'tariladi. Jang AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahridagi StubHub Center arenasida bo'lib o'tadi.
“Jangga bir necha oy qizg'in tarzda tayyorgarlik ko'rdik. Murabbiyim Abror Tursunpo'latov bilan birga mashg'ulotlarni kuchaytirilgan rejimda olib bordik.
Raqib haqida unchalik ko'p malumotga ega emasmiz. Internetda bir-ikkita janglari bor ekan. SHu orqali raqibni o'rganib, jangga hozirlik ko'rdik. Professional boksdagi ilk jangim oson bo'lmasligi aniq.
Lekin men xalqimizni o'zimning g'alabam bilan xushnud etishni maqsad qilganman. Meni duo qilib turgan barchaning ishonchini oqlash istagidaman”, - dedi Fazliddin saytimizga bergan eksklyuziv intervyusida.
Jang aynan mana shu arenada bo'lib o'tadi
Fikrlar
Бекободни кучини кўрсатиб қўй