16 dek 19:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarov ishtirokidagi jang bir yarim daqiqa davom etdi
Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov prof boksdagi to'qqizinchi jangini o'tkazdi.
CHarm qo'lqop ustamiz Qozog'istonning Almati shahrida tashkil etilayotgan professional boks kechasida ringga ko'tarildi. Jang bir yarim daqiqa davom etdi. Hamyurtimiz ukrainalik Vladislav Baranovni jigar qismiga bergan kuchli va aniq zarbasi evaziga texnik nokautga uchratdi.
24 yoshli Baranov bugun prof ringda 14-jangini o'tkazdi va oltinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Bu uning ilk nokauti edi. Hisobida 6 ta g'alaba va 2 ta durang natija ham bor. To'rtta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Fazliddin G'oibnazarov esa bugun to'qqizinchi jangidagi sakkizinchi g'alabasini tantana qildi. Nokaut evaziga qozongan g'alabalari soni 5 taga etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar