05 may 08:45
Yangiliklar

Fazliddin G'oibnazarov: “Krouford bilan birga mashg'ulot o'tkazyapmiz”
Avval xabar berganimizdek, hamyurtimiz 20 may kuni AQSHning Nyu-York shahridagi dunyoga mashhur “Medison Skver Garden” arenasida amerikalik bokschi Agustin Maurasga qarshi ringga ko'tariladi.
“Mashg'ulotlarni kuchaytirilgan rejimda davom ettiryapmiz. Amerikalik ikki yo'nalishda jahon chempioni bo'lib turgan amerikalik mashhur bokschi Terens Krouford bilan bitta zalda sparing asosida shug'ullanyapmiz. Nasib qilsa, hamyurtlarimizni chiroyli g'alabam bilan xushnud etaman”, - dedi G'oibnazarov.
Malumot uchun, Nyu-Yorkdagi boks oqshomining markaziy jangi aynan amerikalik ikki yo'nalish chempioni Terens Krouford ishtirokida bo'lib o'tadi.
Agustin Mauras 1990 yilda tug'ilgan. SHu kungacha professional boksda 11 ta jang o'tkazgan. Ushbu janglardan 6 tasida g'alaba qozongan, 2 bor yutqazgan. Uch marotaba esa uning jangida g'olib aniqlanmagan.
Eslatib o'tamiz, Fazliddin G'oibnazarov AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahridagi StubHub Center arenasida bo'lib o'tgan ilk jangida amerikalik Viktor Vaskesni ikkinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgan edi.
Fikrlar