12 dek 18:18
Yangiliklar

Fazliddin G'oibnazarov Lomachenkodan revansh olmoqchi
Fazliddin ayni paytda WBO yo'nalishi chempioni hisoblangan Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang yaqin ikki yilda bo'lishi haqida malum qildi. Bu haqida u "Sport TV"ga bergan intervyusida aytib o'tdi.
Ayni paytda u Toshkentda va yanvar oyida yana AQSHga uchib ketadi.
Uning 9 dekabrga belgilangan jangi eski jarohat sabab qoldirildi. Aslida, bokschi shu holatida ham jangga chiqishga tayyor edi. Ammo, uning promouterlari tavakkal qilmaslikni maslahat berganlar. Katta ehtimol bilan uning navbatdagi jangi bahorda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Fazliddin G'oibnazarov 2011 yil Bokuda bo'lib o'tgan jahon chempionatida Vasiliy Lomachenkoga qarshi to'qnash kelgan va 10:18 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Fikrlar