06 dek 17:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarov navbatdagi jangini Dubayda o'tkazishi mumkin
Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda faoliyatini professional ringda davom ettirayotgan Fazliddin G'oibnazarov navbatdagi jangini BAAda o'tkazishi mumkin.
Top Rank Promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum bahorda Dubay shahrida boks oqshomini tashkil qilishi mumkin. Aynan o'sha to'qnashuvda mazkur kompaniya azosi hisoblangan Fazliddin G'oibnazarov ham jang qiladi.
Eslatib o'tamiz, "Fayzi" 9 dekabr kuni AQSHda jang o'tkazishi lozim edi. Ammo, uning eski jarohati yana bezovta qilmoqda va u to'liq tuzalganidan so'ng ringga chiqadi.
Fazliddin G'oibnazarovning 9 dekabr kungi jangi bekor qilindi, u O'zbekistonga qaytmoqda
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar