So’nggi yangiliklar

11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0

21 avg 19:31
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Fazliddin G'oibnazarov: “O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi”

Bugun Rio Olimpiadasining so'nggi kunida bizni o'z natijalari bilan xushnud etayotgan charm qo'lqop ustalarimizning ikki nafari final jangida ringga ko'tarilishadi.

Jumladan, -64 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Fazliddin G'oibnazarov Rio Olimpiadasi oltin medali uchun kechadigan jangda asli kubalik, lekin Ozarbayjon sharafini himoya qilayotgan Lorenso Sotomayor bilan to'qnash keladi. Biz bir necha soatdan so'ng o'tkaziladigan ushbu jang oldidan Fazliddindan intervyu oldik.

- Fazliddin, avvalo rossiyalik raqibingizga qarshi kechgan jang haqidagi fikringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Jang kutilganidek og'ir kechdi. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emasdi. O'rtaga final chiptasi qo'yilgandi. Qolaversa, Vitaliy Dunaycev bilan alohida xisob-kitobim bor edi. Qatardagi jahon chempionatida imkoniyatni boy bergandim. SHu bois, ikki xissa ishtiyoq bilan ringga ko'tarildim va raqibimni mag'lubiyatga uchratdim. Fikrimcha, birinchi raund ham mening foydamga hal bo'lgandi.

- Finalda sizni jiddiy raqib kutib turibdi. Asli kubalik bo'lgan Sotomayor finalgacha deyarli qarshilikka duch kelmadi. Bu bokschi bilan avval ham uchrashganmisiz?

- Ha, bir marta to'qnash kelganmiz. Bolgariyadagi musobaqada raqibimning qo'li baland kelgandi. Ammo, o'shanda hakamlar raqibimga yon bosishgandi. Bu safar hammasi boshqacha bo'lishi kerak. O'ylaymanki, o'z g'alabam bilan terma jamoamizga navbatdagi medalni taqdim etaman. Bir necha ming kilometr uzoqda bo'lsamda, hamyurtlarimizning g'oyibona qo'llab-quvvatlab turishlarini xis qilyapman.

Eslatib o'tamiz, Fazliddin yarim final bahsida rossiyalik bokschi, amaldagi jahon chempioni Vitaliy Dunaycevni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. G'oibnazarov – Sotomayor jangi Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanishi belgilab qo'yilgan. 

Reyting:    

Fikrlar

+1   
21 avg 19:49:12
Фэрганец
HAKAMLARGA INSOF BERSIN!!
   
21 avg 22:59:05
Sheyx
Davay Fazliddin bushashma. Bugun UZB bokschilarini kuni biz sizlarga ishonamiz yana bitta oltinni Mustaqillik bayramiga sovg'a qil
   
21 avg 20:13:46
Jamshidbek
Fazliddin Avalo Omad tileman Nu Silar Qôlaringdan kelganucha Ôzbek dgan Nomdi Dunyoga Tanitila Shunisga xam raxmat Finalda Ajdodlarimizi Ruxi qôlasin Omin.
   
21 avg 20:09:03
Domla
Сенга омад тлайман. Манашу Кубаликлар жонга тегди.
   
21 avg 20:07:09
Fasli BAHOR
Omadini bersin! fazliddin agar yutmasayam bolmaydi, u g,alaba uchun bor kuchini sarflaydi.
   
21 avg 19:50:45
Señor_abbos
olg'a O'zbegim.
   
21 avg 19:46:48
Фэрганец
FAZLIDINGA omad tilaymiz HAKAMLARGA insof
   
21 avg 19:46:35
INSHOOLLOH_JCH_2018damiz
sen buyuk yurt farzindisan isbotla Fazlidin omad
   
21 avg 19:45:38
INSHOOLLOH_JCH_2018damiz
Fazliddin biz senga ishonamiz
   
21 avg 19:45:32
INSHOOLLOH_JCH_2018damiz
Fazliddin biz senga ishonamiz
   
21 avg 19:42:54
Nomalum
Fazliddinni tezligiga gap yo'q unga iwonamiz yutub oltin medal oladi xudo xohlasa
   
21 avg 19:41:30
yahyo
omad tilaymam, lekin himoyada kamchiliklari yetarli
-1   
21 avg 19:58:20
Nomalum
Xorazm senga ishonadi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing