09 dek 18:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarov Qozog'istonga yo'l oldi + FOTO
Professional bokschimiz Fazliddin G'oibnazarov 16 dekabr kuni Qozog'istonning Almati shahrida ringga ko'tarilishi haqida xabar qilganik.
O'sha kuni hamyurtimiz argentinalik Mauro Maksimiliano Godoyga qarshi ringga ko'tariladigan bo'ldi.
Bugun Fazliddin mazkur jangda ishtirok etish uchun Almati shahriga jo'nab ketdi.
Malumot uchun, 30 yoshli Godoy shu kungacha prof ringda 38 ta jang o'tkazishga ulgurgan. U janglarining 32 tasida g'alaba qozongan (17 ta nokaut). 5 marotaba mag'lub bo'lgan (2 ta nokaut) va 1 ta durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar