So’nggi yangiliklar

01:44Бобир Тагиев иштирокидаги Mangu 3 марказий жанги биринчи раундда якунига етди (ВИДЕО) 0 00:59Mangu 3. Амирхон Алихўжаев иштирокидаги жанг муддатидан аввал якунланди (ВИДЕО) 0 00:43Фирдавс Ҳасанов қирғизистонлик спортчига қарши жанг қилди 0 23:35Авлиёхон Ҳамидов Mangu 3 турнирида жанг қилди 0 22:51Ана холос! Mangu 3 турнирининг марказий жанги бекор бўлди — сабаби маълум 0 22:01Нажмиддин Қосимхожиев ва Марат Мавлонов Рим Гран-присида бронза медалларига эга чиқишди 0 19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0

17 avg 15:29
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Fazliddin G'oibnazarov: "Yarim finalda rossiyalik raqibimdan revansh olmoqchiman"

Xabaringiz bor, kecha Olimpiadada -64 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz Fazliddin G'oibnazarov amerikalik Gari Russelni mag'lubiyatga uchratib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


Biz jangdan so'ng hamyurtimiz bilan bog'lanib, uning fikrlari bilan qiziqdik.

"Avvalambor etibor uchun katta rahmat. Jang haqida fikr bildiradigan bo'lsam, to'g'risi, qiyin bahs bo'ldi. Ayniqsa, uchinchi raundda. Raqibning ojiz nuqtasini topishni iloji bo'lmadi. Boshini egib olgan bokschiga qarshi jang qilish oson emas. SHu sababli ham, bu narsa menga noqulaylik tug'dirdi. Amerikaliklar asosan professional boksda ishlashadi.

Endi yarim finalda rossiyalik Vitaliy Dunaycevga qarshi jang qilaman. U bilan 2015 yili Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati finalida uchrashgandim. Afsuski, o'sha jangda unga imkoniyatni boy berib qo'ygandim. Ana endi, nasib qilsa revansh jangida g'alaba qozonmoqchiman. Yana ikki qadam qoldi", - deydi Fazliddin G'oibnazarov.

Biz ham fursatdan foydalanib, Fazliddinga navbatdagi janglarda raqibini mag'lubiyatga uchratib, yurtimizga oltin medal bilan qaytishini tilab qolamiz. Olg'a, Fazliddin! Olg'a, O'zbekiston! Sportchilarimizni qo'llab quvvatlang!


Aziz To'xtamurodov


Reyting: +1   

Fikrlar

   
18 avg 10:33:23
BUNYOD97
Olg'a Özbekiston. Dunyoni lol qoldir Fazliddin
   
18 avg 00:17:23
Bahor
Insonlardagi eng yaxshi tuyg'ular "ISHONCH" va "UMID"
Fazliddin sizga ishonamiz.
Oltin medalga umid qilamiz.
Olg'a Bekobodimni Bek yigiti.
   
17 avg 18:26:30
sinchiklab kuzatuvchi
Kechagiga öxshab boks tushsang rivanch keyinroqqa qoladi. Prosta boks tushishing kerak . Omad sanga
   
17 avg 17:18:21
AlexiS_DaN
Фазлиддин, чорак финалдаги жанг каби урушсанг, кийин булади) чарчаб колдинг, куплаб зарбаларни утказиб юбординг) Химояни унутмаган холда актив жанг обориш керак, куркмасдан хужум килиш керак, шунда галаба козона оласан, бунга шубха йук. Ва яна бир омил бу хакамлар, чекиб куйишмаса булди
   
17 avg 17:08:01
Jahondor
Agar jang halol bulsa, ishonchim komilki hamyurtimiz Fazliddin yutadi. Biroq hakamlar Rustam Tulaganov jangi singari rossiyalikka yon bosishmasa bulgani.
   
17 avg 16:00:02
autocomponent
Bayegimizni kotarib chiqyotgan baksorlar galaba qozonmoqda chunki ular vatan parvarlar Rustam uchun ham yutish kerak olga yigitlar butun OZBEKISTON sizlar b.n
   
17 avg 15:38:03
Maxmud
Кеча сал қолишига сал қолди
   
17 avg 15:35:31
Maxmud
Дадиллик ва хушёрлик билан чемпионлик сари олға!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing