So’nggi yangiliklar

13:39"Мен буни амалга ошираман". Фьюри телевидение тарихидаги энг катта шоуни ваъда қилди 0 13:10"Ислам мендан қочаётгандек туюляпти". Илия Топурия — Махачев билан вазият ҳақида гапирди 0 12:34Боксчиларимиз Осиё чемпионатини 3 та олтин медаль билан якунлашди 0 12:12Ламин Ямал: "Ҳали кураш тугамади" 0 11:40Исроил Мадримов диссертация ишини муваффақиятли якунлади! 0 11:15Жавоҳир Синдаров: "Натижа эмас, ўйин ҳақида ўйлаяпман" 0 10:39Фьюри: "Махмудов билан жанг яхши ўтса, кейингиси Жошуа бўлади" 0 10:17"Барселона" дарвозасига пенальти қўймаган ҳакам ЕЧЛ ўйинларидан четлатилди 0 09:52Осиё чемпионати: Аёллар ўртасидаги энг яхши натижа Ҳиндистон ва Қозоғистонда, боксчиларимиз нечанчи? 0 09:30Актенге ҳамда Улмекен Осиё чемпионатида ҳисобимизга бронза медалларини тақдим этишди 0 09:05Пакьяо: "Мейвезерда жангни бекор қилиш учун сабаб йўқ, агар у шундай қилса..." 0 08:39Эронда ўйнайдиган футболчилар Ўзбекистонга қайтмайди 0 08:14Топурия: "Махачевга қарши жанг — ҳамма кутаётган тўқнашув" 0 07:30Беш нафар боксчимиз Осиё чемпионлиги учун жанг қилади, икки нафари қозоғистонлик боксчиларга қарши 0 21:44"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муҳим ғалабани қўлга киритди 0

23 jan 15:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarovga “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni topshirildi

Bokschi Fazliddin G'oibnazarov “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Taniqli sportchimizga mazkur mukofotni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev topshirdi.

Vazir Dilmurod Nabiev Fazliddin G'oibnazarovga yurtimiz dovrug'ini dunyoga tanitish yo'lidagi say-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirib, sportchimizning yutuqlari yoshlarimiz orasida boksga, umuman sportga bo'lgan qiziqishning ortishiga xizmat qilayotganini takidladi hamda vazirlik bundan keyin ham bokschimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini malum qildi.

Endilikda professional boks bilan jiddiy shug'ullana boshlagan Fazliddin G'oibnazarov o'zining dastlabki bir necha jangini muvaffaqiyatli o'tkazib, ko'zlangan maqsad sari – jahon chempionligini qo'lga kiritish uchun dadil qadam tashlamoqda. SHuning barobarida u yurtimizda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarni sportga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarda ham juda faol.

Eslatib o'tamiz, Fazliddin G'oibnazarov 19 yanvar kuni Nyu-Yorkda dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi jang o'tkazib, raqibini uchinchi raunddayoq taslim etib, g'alaba qozondi. U hozirgacha professional boksda o'tkazgan barcha ettita jangida g'alaba qozongan, to'rt marta raqiblarini nokautga uchratgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing