09 mar 11:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarovning navbatdagi jang sanasi malum bo'ldi
Olimpiada chempioni, bugungi kunda professional ringda o'z faoliyatini davom ettirayotgan bokschimiz Fazliddin G'oibnazarov navbatdagi jangini qachon o'tkazishi malum bo'ldi.
Bu haqida bokschi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida malum qildi. Unga ko'ra, hamyurtimiz prof ringdagi sakkizinchi jangini 11 may kuni Arizonada o'tkazadi.
Hozircha mazkur jangda unga kim raqiblik qilishi nomalum.
Eslatib o'tamiz, "Fayzi" bungacha so'nggi jangini 19 yanvar kuni dominikanlik Rikardo Garsiyaga qarshi jang o'tkazgan va raqibini nokaut evaziga mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar