25 apr 08:40
Yangiliklar

Fazliddin G'oibnazarovning navbatdagi jang sanasi malum, manzili ham
Unga ko'ra, Rio Olimpiadasi chempioni 20 may kuni professional boksdagi ikkinchi jangini o'tkazadi. Fazliddin shu kuni AQSHning Nyu-York shahridagi dunyoga mashhur “Medison Skver Garden” arenasida ringga ko'tariladi.
Hozircha G'oibnazarovning raqibi malum emas. Fazliddinning murabbiyi Abror Tursunpo'latovning bizga xabar berishicha, yaqin bir hafta ichida raqib nomiga oydinlik kiritiladi. Mashg'ulotlar esa ertaga boshlanadi.
Malumot uchun, Nyu-Yorkdagi boks oqshomining markaziy jangi amerikalik ikki yo'nalish chempioni Terens Krouford ishtirokida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Fazliddin G'oibnazarov AQSHning Kaliforniya shtati Karson shahridagi StubHub Center arenasida bo'lib o'tgan ilk jangida amerikalik Viktor Vaskesni ikkinchi raunddayoq texnik nokautga uchratgan edi.
Fikrlar