10 dek 15:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Fazliddin G'oibnazarovning raqibi o'zgardi
Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda prof ringda faoliyat olib borayotgan Fazliddin G'oibnazarov 16 dekabr kuni jang qilishi lozimligi haqida xabar qilgandik.
Bokschimizning murabbiyi Abror Tursunpo'latovning www.olamsport.com saytiga malum qilishicha, "Fayzi"ning o'sha kungi raqibi o'zgargan. Qozog'istondagi jangda bokschimizga avval xabar qilinganidek argentinalik Mauro Maksimiliano Godoy emas, balki meksikalik Xavier Merkado raqiblik qiladi.
Eslatib o'tamiz, Fazliddin shu kungacha prof boksda 8 ta jang o'tkazgan va ularning 7 tasida g'alaba qozongan (4 ta nokaut). 1 ta jangda esa imkoniyatni boy berib qo'ygan. Merkado esa 43 ta jang o'tkazib, ularning 26 tasida g'olib bo'lgan (23 ta nokaut). 15 ta jangda esa mag'lub bo'lgan (10 ta nokaut). 2 ta jangda durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar