08 dek 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Fedor Emelyanenko: “Meni UFC taklif qilgan shartlar qoniqtirmadi”
Aralash qoidalar bo'yicha rossiyalik afsonaviy jangchi Fedor Emelyanenko UFC bilan olib borgan muzokaralari haqida oshkor qildi.
“Jamoam bilan birga bir nechta tashkilotlar bilan muzokara olib bordik. Ular orasida UFC ham bor edi. Lekin bu tashkilotning takliflari bizga maqul kelmadi. Yakunda Bellator bilan shartnoma imzoladim. Tashkilot rahbari Skott Koker halol inson”, - dedi Emelyanenko.
SHuningdek, Fedor o'zining navbatdagi raqibi Mett Mitrion haqidagi fikrlari bilan ham o'rtoqlashdi.
“Bu jangchining zarbalari juda ham kuchli. Uning nokaut evaziga qozongan g'alabalari ko'p. Mett menga nisbatan yoshroq va vazn tomonidan ham og'irroq. Lekin bu meni aslo havotirga solayotgani yo'q”, ‑ deya so'zlariga yakun yasadi Fedor Emelyanenko.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar