20 noy 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Fedor Emelyanenkoning raqibi malum, jang sanasi ham
Aralash qoidalar bo'yicha rossiyalik mashhur sportchi Fedor Emelyanenkoning qachon va kimga qarshi jang o'tkazishi rasman malum bo'ldi.
Unga ko'ra, Fedor 18 fevral kuni AQSHning San-Xose shahrida Bellator 172 turniri doirasida amerikalik 38 yoshli Mett Mitrionga qarshi bahs olib boradi.
Emelyanenko Bellator 165 tashkiloti bilan bir nechta jangdan iborat shartnomaga imzo chekdi.
“Bellator prezidenti Skott Koker bilan ko'p yillik qadrdonmiz. Bu tashkilotda kuchli jangchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. Menga ana shu imkoniyatni taqdim etgani uchun Skottga minnatdorchilik bildiraman”, - dedi Emelyanenko.
Eslatib o'tamiz, Fedor Emelyanenko hozircha o'zining so'nggi jangi bo'lib turgan bahsda braziliyalik Fabio Maldonadoni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar