29 okt 18:10
Yangiliklar
Tennis
Feliks Ojening yurishi davom etmoqda
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi Feliks Oje SHveycariyaning Bazel shahrida o'tkazilayotgan turnirning yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Kanadalik tennischi 73 daqiqa davom etgan chorak final uchrashuvida ATP reytingining 38-pog'onasida borayotgan qozog'istonlik Aleksandr Bublikni 6/2, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Oje hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1.
Feliks ham, Bublik ham bahs davomida 10 tadan eys zarbasini amalga oshirishgan. Qozoq tennischisining 7 ta qo'shxatosi unga qimmatga tushgan. Bugun kanadalik final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvda dunyoning birinchi raketkasi, ispaniyalik Karlos Alkarazga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar