09 iyu 09:32
Yangiliklar

Fergyuson - “Kovboy” Serrone jangi ikkinchi raundda to'xtatildi
Oqshomning markaziy jangi Xabib Nurmagomedov ishtirok etadigan engil vazn toifasida o'tkazilib, unda Toni Fergyuson Donald “Kovboy” Serronega qarshi oktagonga ko'tarildi. Besh raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raundda shifokorlar tavsiyasi bilan to'xtatildi.
Jangchilar birinchi raundni “stoyka”da o'tkazishdi. Donald kuchli va aniq zarbasi evaziga Tonini qiyin vaziyatga tushira oldi. Ikkinchi raundni Toni faol boshladi. Serrone hujumlarining birida raqibini parterga tushirdi, lekin muvaffaqiyatini davom ettira olmadi.
Ikkinchi raund yakunlanganini bildiruvchi gongdan keyin Toni raqibiga zarba berdi. Referi Fergyusonni ogohlantirdi. Hakam shifokorlarni oktagonga chorladi. Ular Donald Serronening o'ng ko'zi butunlay yopilib qolgani bois, jangni to'xtatish bo'yicha xulosa berishdi. Toni taqiqlangan zarba evaziga raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Jangda texnik nokaut qayd etildi.
Fikrlar