09 iyu 16:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Fergyuson "Kovboy" ustidan qozonilgan g'alabadan norozi
Amerikalik UFC jangchisi Toni Fergyuson bugungi "Kovboy" Serrone ustidan qozonilgan g'alabasidan norozi ekanini malum qildi.
"Jangni bu tarzda yakunlanishini xohlamagandim, menga bunday g'alabalar yoqmaydi. Agar revansh jangni istashsa, men so'zsiz rozi bo'laman. U dahshatli kuchli jangchi. Menga bunday g'alabalar yarashmaydi, bu g'oliblik mening nomimga to'g'ri kelmaydi. O'zimdan g'azablanib ketyapman", - dedi Toni.
Eslatib o'tamiz, Toni Fergyuson raqibiga ikkinchi raund yakunlanganidan so'ng taqiqlangan zarba bergan va buning oqibatida Serronening ko'zi jarohat sabab yumilib qolgandi. SHifokorlar shu sababli jangni to'xtatishgan edi.
Havola :
Fikrlar