10 apr 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Fergyuson UFC 249 kechasining bekor bo'lgani haqida fikr bildirdi
UFC jangchisi Toni Fergyuson UFC 249 kechasining bekor bo'lgani haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Barchasini to'g'ri qabul qilish kerak. Bekor bo'ldi, demak shu ish bo'lishi kerak ekan. Oldin nima qilgan bo'lsam, shu harakatimni davom etishim lozim. Hech qachon o'zimga bo'lgan ishonchni yo'qotmasligim kerak. Doim kulishda va mashg'ulot olib borishda davom etaman. Men juda ozg'inman, shu sababli har kuni o'z ustimda to'liq ishlashim kerak", - dedi Toni.
Eslatib o'tamiz, bugun UFC rahbari Dana Uayt UFC 249 kechasi rasman bekor bo'lganini malum qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar