12 sen 12:36
Yangiliklar
Usik faoliyatidagi eng qiyin raqibni aytdi. Bu na Fyuri va na Verxoven
Ukrainalik bokschi birinchi og'ir vazn WBS yo'nalishida sobiq jahon chempioni, 43 yoshli britaniyalik Toni Belyuni faoliyatidagi eng qiyin raqib deb hisoblashini malum qildi. Toni va Aleksandr o'rtasidagi jang 2018 yil 10 noyabrda Buyuk Britaniyada bo'lib o'tgan edi. Jang Usikning sakkizinchi raunddagi nokautli g'alabasi bilan yakunlangandi.
"Toni Belyu. Katta yurakli, jasur va aqlli bokschi", — deya Usikning so'zlarini keltiradi Boxing News portali.
Malumot uchun, Usik professional faoliyatida 25 ta g'alabaga erishgan (shundan 16 tasi muddatidan oldin) va biror marta ham mag'lub bo'lmagan. Aleksandr prof-ringdagi debyutini 2013 yil noyabr oyida o'tkazgan. Sportchi 2012 yilgi Olimpiya o'yinlari chempioni, shuningdek, 2011 yilgi jahon va 2008 yilgi Evropa chempionati g'olibi hisoblanadi. Usik, shuningdek, Ukrainada xizmat ko'rsatgan sport ustasi unvoniga ham sazovor bo'lgan.

Fikrlar