10 sen 06:10
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Feruz Saidov – Paralimpiya o'yinlari sovrindori!
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilayotgan Paralimpiya o'yinlari o'zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda.
To'rt yillikning nufuzli musobaqasida O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasining 32 nafar sportchisi 5ta sport turida yurtimiz sharafini himoya qilyapti. Kecha to'rt nafar paralimpiyachilarimiz medallar uchun bahslarda ishtirok etishdi.
Dzyudo musobaqasining -73 kg vazn toifasidagi bahslarida tatamiga chiqqan Feruz Saidov terma jamoamizga navbatdagi bronza medalini taqdim etdi. U jazoirlik Mexdi Meskineni mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgandi.
Lekin final ostonasida ukrainalik Dmitro Solovevga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun kechgan bahsda esa kubalik Jeraldo Rodrigesdan ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar