04 iyu 08:12
Yangiliklar
FIFA Jahon chempionati oldidan Abduqodir Husanovga alohida etibor qaratdi
Abduqodir Husanov bilan tanishing — O'zbekistonning FIFA Jahon chempionati sari yo'l olayotgan eng yorqin futbol yulduzlaridan biri.
2025-yil yanvar oyida u “Manchester City” safiga qo'shildi va Angliya Premer-ligasida maydonga tushgan ilk o'zbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi.
O'tgan yozda Husanov klubi bilan AQSHda ilk bor o'tkazilgan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etdi. Endi esa uni yanada katta sinov kutmoqda.
2026-yilda Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida Bu yangi format ko'plab futbol mamlakatlari uchun yaxshi imkoniyat yaratdi va O'zbekiston ilk bor mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Husanovning terma jamoadagi yutuqlari ham etiborga molik: u O'zbekiston U-20 terma jamoasi bilan Osiyo kubogini qo'lga kiritgan, U-20 Jahon chempionatida 1/8 finalgacha etib borgan. Endilikda esa u dunyo futbolining eng nufuzli sahnasida yangi tarix yozishga intilmoqda", — deyiladi FIFA Instagram sahifasida.
Fikrlar