So’nggi yangiliklar

21:17Навбаҳор Ҳамидова проф боксда ғалабали дебют қилди 0 17:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда 0 17:17Менежер: "Усик истаган вақтида ва истаган рақибга қарши жанг қилади" 0 16:39"Топурия учта тоифада чемпион бўла олиши мумкин" - UFC собиқ жангчиси 0 16:16Жейк Пол "Жағим синган, аммо миям жойида" 0 15:40City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди 0 15:17Наоя Иноуэ ва Пикассо ўзаро жанг олдидан тарозига чиқди 0 14:53Деонтей Уайлдер: "Шубҳасиз, у билан жанг қиламан" 0 14:3216 йил қамоқда ўтирган 52 ёшли боксчи фаолиятидаги илк мағлубиятни қабул қилиб олди 0 14:11Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди 0 13:50Шон О`Мэлли: "Шуга Оқ уйда Янга, Америка эса Россияга қарши! Бу мантиқан тўғри" 0 13:29Икки грузин Мадридда учрашиб қолди + ФОТО 0 13:08Энтони Жошуа Жейк Пол билан жангдан сўнг мухлисларга мурожаат қилди 0 12:47"Реал" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр 0 12:26Бен Аскрен: "Усман Махачев билан жангга лойиқ эмас!" 0

22 mar 16:03
Yangiliklar

Futbol

FIFA reytingi. O'zbekiston Osiyoning oltinchi jamoasiga aylanadi

Teglar :  FIFAO'zbekiston
Dunyo reytingi aprel oyining boshida yangilanadi.

O'zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qirg'iz Respublikasini o'z maydonida 1:0 hisobida mag'lub etdi. Mazkur g'alaba Timur Kapadze shogirdlariga turnir jadvalida 3 ochko bilan bir qatorda FIFA reytingida 7 ochko olib keldi. Buning natijasida "oq bo'rilar" Iroqni ortda qoldirdi va bir pog'ona yuqorilab, 57-o'ringa ko'tarilib oldi. 

Iroq esa o'zidan pastroqda joylashgan Kuvayt bilan durang o'ynashi oqibatida FIFA reytingida salkam 7 ochkoni boy berdi va ikki pog'ona pastlab, 58-o'ringa tushib ketdi. SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi OFKning eng kuchli oltinchi jamoasiga aylandi.

Markaziy Osiyo mamlakati navbatdagi uchrashuvni 25 mart kuni Eronga qarshi o'tkazadi. Mazkur bellashuvdagi muvaffaqiyat jamoaga yana 17 ochko taqdim etishi mumkin. Mag'lubiyat esa yana Iroqni o'tkazib yuborishga sabab bo'lishi mumkin. "Mesopotamiya sherlari" esa Falastin maydonida g'alaba qozonish orqali o'z o'rniga qaytishga harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, FIFA reytingi rasman aprel oyining boshlarida yangilanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing